Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

HUQUQIY MAHALLA


TARG'IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Kitob tuman Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Bashir, Anorzor va Ali Qushchi "mahallalarida fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish" bo‘yicha keng ko‘lamli tushuntirish ishlari tashkil etildi. Ushbu tadbir 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 sonli qaror asosida amalga oshirildi.

Tadbir davomida mahalla yettiligi ishtirokida chuqurlashtirilgan davra suhbati o‘tkazilib, 2025-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan asosiy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, fuqarolar huquqiy savodxonligini oshirish, "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida aholining huquqiy bilimlarini yuksaltirish va xavfsiz muhitni ta’minlashga oid kelishuvlar amalga oshirildi.

Mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarni huquqlarini himoya qilish va davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha 2025-yil uchun rejalar ishlab chiqildi.