Янгиликлар
06
Adliya va hudud
Qamashi tuman adliya boʻlimi, Davlat xizmatlari, YUXKM, FXDY xodimlari tomonidan tumandagi “BERDOLI” MFYda uyma uy yurish, huquqiy targʻibot va adliya kuni tadbirlari tashkil etildi.
Xususan, uyma-uy yurgan holda fuqarolarning mavjud huquqiy muammolari boʻyicha mahalla.adliya.uz platformasi orqali murojaatlari qabul qilinib, sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yildagi 204-son qarori va 05.08.2024-yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida” OʻRQ-937-sonli qonuni boʻyicha kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.