Янгиликлар
05
AMALIY HAMKORLIK
AMALIY HAMKORLIK
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida adliya boshqarmasi xodimlari, viloyat ma’muriy sud sudyalari, viloyat va tuman (shahar) hokimligi, prokuratura hamda boshqa tashkilot va muassasa xodimlari ishtirokida amaliy seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmuni va mohiyati yuzasidan so‘z yuritildi.
Shuningdek, adliya organlari qarorlari, harakat va harakatsizligi yuzasidan nizolashishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan fikr almashildi.