Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

ijro intizomi bo‘yicha seminar


Viloyat hokimligida ijro intizomi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Vazirlar Mahkamasining topshirig‘i asosan, viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan “Prezidentning 2024 yildagi hujjatlari va topshiriqlari ijrosi samaradorligi yakunlari, aniqlangan kamchilik va muammolar, shuningdek bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan viloyat hokimligi kotibiyatlari va tarkibiy bo‘linmalarining kelgusida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi o‘quv-seminari o‘tkazish reja-grafigi ijrosi ta’minlash maqsadida viloyat adliya boshqarmasi Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish shu’basi va hokimlikning ijro intizomi bo‘limi bilan birgalikda seminar tashkil etildi.

Seminarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi bo‘yicha tegishli tushunchalar berilib, 2024 yilda sohada aniqlangan kamchilik va muammolar muhokama qilindi.

Hokimlikning kotibiyatlari va tarkibiy bo‘linmalari savollariga batafsil tushuntirishlar berildi.