Янгиликлар
03
Adliya va yoshlar
“Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi”
Huquqiy mahalla doirasida joriy yilning 3 - fevral kuni G'uzor tuman adliya bo‘limi, YXKM, DXM xodimlari tomonidan “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida tumanning “TINCHLIK” MFYda aholining huquqiy madaniyatini hamda ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida 53-son makatabida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbir davomida aholiga qonunchilikda belgilangan ijtimoiy himoya imtiyozlari, ishsizlikdan himoyalanish imkoniyatlari, energiya tejamkorligi masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, 2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 sonli qaroriga asosan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning oqibatlari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.