Янгиликлар
28
Bilasizmi?
Xodimga ish haqi to‘lashni va unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchi moddiy javobgarmi?
Amaldagi mehnat qonunchiligiga ko’ra, ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart.
Xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan pulli kompensatsiyaning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining o‘n foizi miqdorida belgilanadi.
Aytaylik, xodim 5 000 000 so’m oylik ish haqi oladi va yanvar oyi uchu 4 000 000 so’m oylik ish haqi o’z vaqtida to’lab berilmadi, bugungi kunda Markaziy banki qayta moliyalash stavkasi yillik 13,5 foizni tashkil etmoqda va xodim uchun kechiktirilgan (4 000 000 uchun) ish haqining 13,5 foizi 540 000 so’mni tashkil qiladi va Mehnat kodeksining 333-moddasiga muvofiq 540 000 so’mning 10 foizi 54 000 so’mni tashkil qiladi.
Demak, ushbu holatda xodim kechiktirilgan har bir kun uchun 54 000 so’m miqdorda pulli kompensatsiya olish huquqiga ega.
Yakkabog’ tuman adliya bo’lim bosh maslahatchisi Sh.I.Rayimov