Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

TADBIRKORGA 652 MLN. SO‘M UNDIRIB BERILADIGAN BO‘LDI


TADBIRKORGA 652 MLN. SO‘M UNDIRIB BERILADIGAN BO‘LDI

Koson tuman adliya bo‘limi uyma-uy yurib fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘rganish jarayonida “QUYBOG` QURILISH MASKANI” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan bajarilgan ishlar uchun kelishilgan so‘mma to‘lanmasdan kelinayotganligi haqida murojaat qildi.

Holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi va tegishli hujjatlar to‘planib, “QUYBOG` QURILISH MASKANI” MCHJ manfaatlarini ko‘zlab, Koson tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Sud da’vo arizani qanoatlantirib, ma’suliyati cheklangan jamiyatga bajarilgan ishlari uchun to‘lanmay kelayotgan 652 mln. so‘m undirilishi yuzasidan qaror qabul qilindi.