Янгиликлар
27
HUQUQIY MAHALLA
HUQUQIY MAHALLA
“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida Koson tumanidagi “Istiqbol” MFY”ning barcha xonadonlari qamrab olindi.
Koson tuman adliya bo‘limi tomonidan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida joriy yilning yanvar oyi davomida “Istiqbol” MFY”da uyma-uy yurish va aqlli yondoshuv asosida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi.
O‘rganish natijasida 1144 ta murojaatlar aniqlandi. Shundan:
uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish – 611 ta;
davlat, notarius xizmat ko‘rsatishi bilan bog‘liq – 134 ta;
shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini olish yuzasidan – 114 ta;
tadbirkorlik faoliyati uchun kredit olish yuzasidan – 30 ta.
Aniqlangan murojaatlarning 1060 tasi (93 foizi) hal etilgan.
Adliya bo‘limi tomonidan loyiha doirasidagi ishlar davom etmoqda.