Янгиликлар
23
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmi joriy etiladi
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmi joriy etiladi
Nishon tumani adliya bo‘limi tomonidan “Baynalminal” MFYda tuman ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda mahalla yettiligi hamda fuqarolar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda respublikasi mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Qaror bilan har bir mahallalarda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, tegishli mas’ullarga mahallalar nomma-nom biriktirilishi, mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilanganligi ta’kidlandi.
Shuningdek, firibgarlik, kiberjinoyat, korrupsiya kabi jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etilishi yuzasidan so‘z yuritildi.