Янгиликлар
22
Аdliya aralashgach...
Аdliya aralashgach...
Fuqarolarning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash adliya organlarining birinchi galdagi vazifalaridan hisoblanadi va ish faoliyati davomida adliya organlari ko‘plab fuqarolarning huquqlari ta’minlanishi yo‘lida samarali ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Xususan, Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan bir guruh umumta’lim maktablari rahbarlarining 2023-2024-o‘quv yilida maktabini bitiruvchi o‘quvchilari yuqori ko‘rsatkichda Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan bo‘lsada, rag‘bat pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari bo‘yicha o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida va olib borilgan tahlillar natijasida Qarshi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.11.2020-yildagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 7-bandiga asosan, Qarshi tumandagi 5 ta umumta’lim maktablari rahbarlarining jami 72 738 000 so‘m miqdoridagi rag‘bat pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan huquqiy ta’sir choralari natijasida to‘lanmay qolgan rag‘bat pullari to‘liq undirib berildi.
Albatta, bu kabi chora-tadbirlar orqali ta’lim muassasasi rahbarlarning mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish yo‘lida yangicha g‘ayrat bilan mehnat qilishlariga turtki bo‘ladi.
Qarshi tuman adliya
bo‘limi boshlig‘i R.Abdullaeva