Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

28 NAFAR XODIMLARNING HUQUQLARI HIMOYA QILINDI


28 NAFAR XODIMLARNING HUQUQLARI HIMOYA QILINDI

Shahrisabz tuman adliya bo‘limiga maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 28 nafar xodimlar murojaat qilib, ularga to‘lanishi lozim bo‘lgan ustamalar to‘lanmaganligi sababli undirib berishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Fuqarolarning murojaatiga asosan o‘tkazilgan o‘rganish natijasiga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan ushbu xodimlar foydasiga ustamalarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlar bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Sud qaroriga ko‘ra, xodimlarga jami 192 mln. so‘mlik ustama pullarini to‘lab berish belgilandi.