Янгиликлар
16
Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda
Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot»” yilida amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun www.uzbekistan2030.uz (https://www.uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama) va regulation.adliya.gov.uz (https://regulation.adliya.uz/project/4427/7289?contentLang=oz) veb-saytlariga joylashtirildi.
Davlat dasturi loyihasi aholi tanishib chiqishi uchun qulay va ixcham shaklda tayyorlangan boʻlib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari kesimida 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati va maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutilmoqda.
Bunda, loyihada atrof-muhitni muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalariga asosiy eʼtibor qaratilishi bilan bir qatorda, ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yoʻnalishlarida 2025-yilga moʻljallangan keng koʻlamli islohotlar ham nazarda tutilgan.
???? Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.
Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz:
????https://www.uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama
????https://regulation.adliya.uz/project/4427/7289?contentLang=oz