Янгиликлар
15
“DENOV” MFYDA SAYYOR QABUL
“DENOV” MFYDA SAYYOR QABUL
Kitob tuman adliya bo‘limi tomonidan reja asosida “Denov” MFYda sayyor qabul tashkil etildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli savollar va huquqiy muammolar ko‘tarilib, ularga qonuniy tavsiyalar berildi hamda ayrim masalalar joyida hal qilindi.
Shu bilan birga, mahalla.adliya.uz platformasiga fuqarolarning 100 dan ortiq muammolari kiritildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu platforma fuqarolarning murojaatlarini tegishli manzilga qulay tarzda yo‘llashlari va ularga tezkor yechim topishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.