Янгиликлар
10
Adliya va yoshlar
Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish bilan bir qatorda ular o‘rtasida sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishda ham adliya organlari munosib ishtirok etmoqda.
Chiroqchi tumani adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tashabbusi bilan tumandagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasidagi shaxmat musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.