Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Bilasizmi?


O‘qitish (ta’lim) sohasidagi xizmatlarni, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar o‘tkazishni tashkil etish xizmatlarini realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi, xususan:

✅ boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasidagi ta’lim xizmatlarini;
✅ ta’lim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha ta’lim berish bo‘yicha xizmatlarni;
✅ maktabgacha ta’lim va tarbiya dasturlari doirasida ta’lim va tarbiyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda bolalarga qarash va ularni parvarishlash bo‘yicha xizmatlarni, to‘garaklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni.