Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

QAROR MAZMUN -MOHIYATI JAMOATCHILIKKA YETKAZILDI




QAROR MAZMUN -MOHIYATI JAMOATCHILIKKA YETKAZILDI

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning yetakchi mutaxassisi, viloyat ichki ishlar boshqaramasi, viloyatdagi nashriyot vakillari hamda noshirlik faoliyatiga taalluqli tadbirkorlar, shuningdek diniy tashkilot vakillari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Mazkur davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi "Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 180-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbir so'ngida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.