Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Qashqadaryoda tashkil etilgan  “Konstitutsiya ko‘chasi” da bayram ko’tarinki kayfiyatda o’tdi.


#Adliya_xabari

Qashqadaryoda tashkil etilgan  “Konstitutsiya ko‘chasi” da bayram ko’tarinki kayfiyatda o’tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida Qarshi shahrining  Teatr maydoni oldida   O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.

Tadbirda, Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov hamda huququni muhofaza qiluvchi idoralar, o’qituvchi va o’quvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida fuqarolarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida sud, adliya, prokuratura, va boshqa davlat organlari tomonidan “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etildi.

Shuningdek, aholini huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida "Huquqiy viktorinalar" tashkil etildi.