Янгиликлар
06
Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!”
#ADLIYADA_BAYRAM_SHUKUHI
“Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!”
8-Dekabr — O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Sana munosabati bilan Adliya organlari va muassasalarida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlarga "Adliya a'lochisi" ko'krak nishoni hamda adliya vazirining faxriy yorliqlari tantanali tarzda topshirildi.
Shuningdek, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni keng jamoatchilikka yetkazishda adliya boshqarmasi bilan faol hamkorlik qilayotgan bir qancha tashkilot xodimlari ham boshqarma boshligʻining faxriy yorlig'i bilan taqdirlanishdi.