Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi va adliya boshqarmasi boshligʻi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi


#adliya_xabari

Fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi va adliya boshqarmasi boshligʻi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

“Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda, hududda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat organlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va ijtimoiy dolzarb boʻlgan istiqbolli tashabbuslar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalliy kengashlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik istiqbollari, ularning davlat islohotlaridagi ishtiroki va tashabbuslarini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish xususida soʻz yuritildi.

Tadbir soʻngida oʻzaro muloqotni doimiy ravishda davom ettirish va muhokama qilingan masalalar boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib olindi.