Янгиликлар
05
Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida jamoatchilik eshituvi oʻtkazildi.
Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida jamoatchilik eshituvi oʻtkazildi.
Eshituvda viloyat adliya boshqarmasi, turizm boshqarmasi hamda madaniy meros boshqarmasi mutasaddilari hududning turistik imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va rivojlanish istiqbollari haqida keng jamoatchilikka maʼlumot berdilar.
Jamoatchilik tomonidan viloyatning tabiiy va madaniy merosini saqlashda mahalliy aholi ishtirokini taʼminlash, iqlim sharoitlariga mos loyihalarni amalga oshirish va kichik biznesni rivojlantirishga oid takliflar bildirildi.
Tadbir soʻngida hududning turistik salohiyatini rivojlantirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ushbu jamoatchilik eshituvi turizmni barqaror rivojlanishiga yordam beradigan samarali muloqot maydoni vazifasini oʻtadi.
Tadbir Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda “Yuksalish” harakati viloyat boʻlimi tomonidan tashkil etildi.