Янгиликлар
03
Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi
Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi
Qashqadaryo viloyat Kadastr palatasi hamda viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi A.To'rayev o‘z ma’ruzasida Bosh qomusimizning hayotimizdagi o‘rni, mazmun-mohiyati, Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan ustuvor maqsad va tamoyillar haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbirda asosiy qonun inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydigan, jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun poydevor yaratadigan, xalqimizning munosib turmushini qaror toptirishga xizmat qiladigan muhim hujjat ekanligi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv huquqiy savol-javoblar bilan davom etdi.