Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

"YERTEPADA" - "HUQUQIY MAHALLA"


Xabaringiz bor O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan "Huquqiy mahalla" loyihasi amalga oshirilmoqda. Qashqadaryo viloyatida ham bu boradagi ishlar avjida. Loyiha doirasida hududning Qarshi tumani "Yertepa" mahallasi tanladi.
Erta tongdan adliya boshqarmasi jamoasi, ishchi guruh a'zolari mahalla hududida fuqoro murojaatlarini o'rganishga kirishdi.
Aytib o'tish kerak bugun kunda mahalla aholisi 3012 dan ortiq, xonadonlar soni 580 tani tashkil etadi.
Aholini qiynayotgan asosiy masalalar kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, subsidiya olish, ta'lim krediti, uy-joy ta'miri, moddiy yordam hamda oilaviy munosabatlar bilan bog'liq.
Soha vakillari uyma- uy yurish jarayonida aholining ijtimoiy va huquqiy masalalariga yanada oydinlik kiritib, muammolarni alohida tartibda turkumladi.
Shuningdek, adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan huquqiy savolnoma ham o'tkazildi.