Янгиликлар
06
Adliya xabari
Joriy yilning 5-noyabr kuni Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlar va hunarmandlarga oʻz intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish hamda ularni himoya qilish masalalari yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi, shuningdek ularga ixtiro, foydali model va sanoat namunalari, tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ma’lumot beruvchi buklet hamda flayerlar topshirildi. Bundan tashqari, tadbirkorlarga hududdagi geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazishning afzalliklari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.