Янгиликлар
05
Shahrisabzda adliya kuni
Shahrisabz tuman adliya bo‘limi, YXKM, Davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Qutchi” MFYda uyma uy yurish,"Huquqiy targ‘ibot" kuni hamda “Adliya kuni” tadbirlari tashkil etildi.
Jumladan, uyma-uy yurgan holda fuqarolarning mavjud huquqiy muammolari bo‘yicha adliya.mahalla.uz platformasi orqali murojaatlari qabul qilindi hamda sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Shuningdek, fuqarolarga oʻzaro muammolarni faqat huquqiy vositalar yordamida hal etish, oʻzboshimchalik bilan oʻzgalarning huquq va erkinliklariga daxl qilmaslik hamda bunday holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.