Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

SUYDALIK LAVOZIMI BILAN BIR VAQTDA SHUG‘ULLANISH MUMKIN BO‘LGAN FAOLIYATLAR TAHLILI


Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida sudyalik lavozimida faoliyat yurituvchi shaxslarning bir vaqtning oʻzida amalga oshirishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari, ularning huquqiy asosi va mohiyati tahlil qilingan. Asosiy eʼtibor sudyalarning pedagogik, ilmiy, ijodiy va ijtimoiy faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatlariga qaratilgan. Maqolada, shuningdek, boshqa davlatlar tajribasi o‘rganilib, milliy qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflar keltirilgan.
Xususan, sudyaning oʻz kasbiy faoliyatini toʻxtatmagan holda pedagogik va ilmiy faoliyatni olib borishi, shu jumladan, taʼlim berish va ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishi mumkinligi koʻrsatilgan. Bu bilan bir qatorda sudyalarning kasbiy sifatlarini oshirish va tajriba almashish uchun boshqa davlatlar, xususan AQSh, Rossiya va qo‘shni MDH davlatlaridagi amaliyotlar ham o‘rganilgan.
Xulosa sifatida maqolada sudyaning kasbiy faoliyatini cheklamasdan, qonunchilikka zid kelmaydigan ijodiy va ilmiy ishlarni olib borish imkoniyatini oshirish uchun bir qancha takliflar bildirilgan.