Янгиликлар
30
maktablarda huquq sinflari o'z faoliyatini boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmonining ijrosini ta’minlash, chekka qishloqlarda ham yoshlarning har tomonlama bilim olishlari, huquqshunoslik kasbining obro‘si va nufuzini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘ularini shakllantirish, ularni huquqiy bilim olishga qiziqtirish, ularning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish maqsadida har bir maktabda “huquq sinfi” tashkil etilyapti.
Kitob tumanidagi 52-sonli maktabga bu huquq sinflari uchun kerak bo‘lgan barcha zarur jihozlar Adliya vazirligi tomonidan yetkazib berildi va ushbu sinfda asosiy g‘oyasi vatanga muhabbbat, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan dars jarayonlari boshlandi.