Янгиликлар
29
adliya va hudud
Joriy yilning 29-oktyabr kuni Mirishkor tumani adliya bo'limi, Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan "Tinchlik" va "Barhayot" MFY da sayyor tartibda dehqon xoʻjaliklarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish xizmatlari va boshqa davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmoni yuzasidan fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, O'RQ-937-sonli qonuni bo’yicha kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar yuzasidan ham fuqarolarga tushuntirishlar berildi.