Янгиликлар
24
Ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar huquqlari adliya himoyasida
Qarshi shahar adliya bo'limi tomonidan ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “Huquqiy ko'mak” aksiyasi doirasida “G'afur G'ulom” va “Bog‘ishamol” MFYlarida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda Qarshi shahar adliya bo'limi, Davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi va yuridik xizmat ko'rsatish markazi, Qarshi shahar prokuraturasi xodimlari, notarius, Budjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Qarshi shahar bo'limi xodimlari ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida tadbir tashkilotchilari tomonidan o‘z sohasi yuzasidan ishtirokchilarga ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan davlat xizmatlari, imkoniyatlar va imtiyozlar xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, ularga 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishlari, o‘z siyosiy huquqlaridan foydalanishlari tavsiya etildi.