Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Adliya targ'iboti kuni


Qamashi tuman adliya bo'limi, FXDY, DXM va YXKM xodimlari tomonidan "To'qboy" MFY da “Adliya targ'iboti kuni” bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida fuqarolarga kundalik hayotda ko‘p uchraydigan muammolar yuzasidan huquqiy yechim topish bo‘yicha, shuningdek, xorijiy davlatlarda mehnat qilish istagida yurgan fuqarolar, ayniqsa, yoshlar uchun qonuniy mehnat migratsiyasi, xususiy bandlik agentliklari xizmatidan foydalanish tartibi, noqonuniy migratsiya oqibatlari, odam savdosi girdobiga tushib qolmaslik toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, uyma-uy yurgan holda fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi va  20 dan ortiq fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.