Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

YOSHLAR SAYLI 


Qashqadaryoda "Huquqiy targʻibot oyligi" doirasida "Men islohotlarga daxldorman" mavzusida YOSHLAR SAYLI  oʻtkazildi.
Tadbirda 600 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev ochib berdi.
Tadbir yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, qonunlarga hurmat va itoat qilish ruhini shakllantirish, jamiyatda yoshlar rolini oshirish, ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik, mardlik va jasurlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir otaliqqa olingan yoshlarni kasb-hunarga qiziqtirish, bandligini ta’minlash, ularda vatanparvarlik, mardlik va jasurlik ruhini uyg‘otish, huquqiy jihatdan ko‘mak berish orqali yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish, shuningdek saylov yoshiga yetgan yoshlarni saylov jarayonlaridan xabardorlik darajasini oshirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda oliy taʼlim muassasalari hamda tegishli  tashkilotlar hamkorligida oʻtkazildi.
Shuningdek, davlat xizmatlari markazlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.
FHDY boʻlimi, notarius, advokatlar tomonidan yoshlarga huquqiy maslahatlar berildi, faoliyati yuzasidan flayer, bukletlar tarqatildi.
Eng asosiysi, tadbir ishtirokchilari adliya organlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.