Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Ochiq eshiklar kuni


 Bugun viloyat adliya boshqarmasida Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari uchun adliya organlari faoliyati bilan yoshlarning xabardorligini oshirish hamda bu borada ularga ma'lumotlar taqdim etishga qaratilgan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.

    Bo'lajak huquqshunoslar inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, shaffof davlat xizmatlari hamda yuridik xizmat ko'rsatishda adliya organlarining tutgan o'rni haqida to'liq tasavvurga ega bo'ldilar.

   Shuningdek, yoshlar viloyat FHDY va notarial arxiv faoliyati bilan tanishtirilib, unda saqlanayotgan hujjatlar, saqlanish tartibi xususida ham batafsil tushuntirishlar berildi.