Янгиликлар
07
Shahrisabz tuman FHDY bo'limi tomonidan bur qancha ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bo'limning asosiy vazifasi elеktron tizim orqali tug'ilganlik, o'limlik, nikohni qayd etish guvohnomalarini markazlashtirilgan tizim orqali fuqarolarga qulay va oson hal qilib bеrish bo'yicha xizmat ko'rsatib kеlishmoqda.
Bola tug'ilganlik ya'ni suyunchi puli ham elеktron tizim orqali kеrakli hujjatlar rasmiylashtirilib bank orqali o'z muddatida olish imkoniyati yaratilgan. Bugungi kunda bo'lim tomonidan 3934 nafar fuqaroga tug'ilish guvohnomasi topshirildi.
3113 nafariga nikoh guvohnomalari taqdim etildi. Bundan tashqari hayotimizni og'ir nuqtasi bo'lgan o'lim va ajrim guvohnomalarini ham qayd etib borishni ham bo'lim xodimlari amalga oshirishadi.
Davlatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini ta'minlash yo'lida bеminnat xizmat ko'rsatayotgan bo'lim xodimlari mahallalarda,korxona va tashkilotlarda,xotin qizlar o'rtasida hamda uzoq Hisorak, G'еlon,Sarchashma,Kul kabi tog'li hududda istiqomat qiluvchi aholi murojaatlarini tinglash,ajrimlarni oldini olishda, ularni ijobiy hal qilishda, yangi qonunlarni targ'ibot etish bo'yicha ham hamkor tashkilotlar bilan birgalikda faoliyat olib borishmoqda.
Bir so'z bilan aytganda, insonlarni rozi qilish yo'lida qo'yilgan qadamlar albatta o'zining ijobiy natijasini bеrishiga ishonchimiz komildir