Янгиликлар
07
Tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Qarshi shahar soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan Qarshi savdo majmuasida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Davlat xizmatlari markazining sayyor ro‘yxatdan o‘tkazuvchi maxsus avtobusi ishtirok etdi. Tadbir davomida noqonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar aniqlanib, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nazorat tadbirlaridan maqsad – tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish va bozor munosabatlarini tartibga solishdan iborat. O‘tgan tadbirda ko‘plab tadbirkorlar hujjatlarini to‘ldirib, rasmiy ro‘yxatga olish jarayonidan o‘tishdi. Bu esa o‘z navbatida, davlat budjetiga tushumlarni oshirishga, shuningdek, tadbirkorlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.
Qarshi shahar soliq inspeksiyasi vakillari bunday nazorat tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilib turishini ta’kidladi. Bu kabi chora-tadbirlar orqali noqonuniy faoliyatni kamaytirish va qonuniy ish olib borayotgan tadbirkorlarga yordam berish maqsad qilingan.