Янгиликлар
07
ADLIYA OLIS HUDUDLARDA
Dehqonobod tuman FHDY boʻlimi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tuman markazidan 100 km, viloyat markazidan 200 km olisda joylashgan “Tarqabchig'oy” qishlog'ida yashovchi fuqarolar uchun “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida aholiga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolar oʻrganilib, ularning yechimi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qishloq aholisini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan uyma -uy yurilib, murojaatlar yozib olindi hamda tegishliligi bo'yicha bo'lim ish yurituviga olindi.