Янгиликлар
24
OCHIQ ADLIYA
#adliya_xabari
OCHIQ ADLIYA
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun yuzasidan jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish va metodik ta'minlash sho'basi mas'ul xodimi M.Suyunov ma'ruza qilib, jurnalistlarning savollariga batafsil javob berib, qonun loyihasi bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etish tartibi belgilanganligi haqida batafsil to'xtalib o'tdi.