Янгиликлар
23
ADLIYA XABARI
#Adliya_xabari
Hurmatli fuqarolar!
Xabaringiz bor, 2024-yil 23-sentyabrdan boshlab Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) portali orqali ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini ajratish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi.
Ko‘pgina fuqarolar tomonidan bir vaqtda murojaat qilinishi sababli Raqamli texnologiyalar vazirligining my.gov.uz portalida yuklama ortib ketishi oqibatida arizalarni qabul qilish faoliyatida uzilishlar (https://t.me/MyGovUz/2923) va vaqtinchalik kechikishlar vujudga keldi.
Hozirda Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) portali orqali ariza qoldirishda tizim faoliyati tiklanganligi hamda arizalarni qabul qilish qayta yo‘lga qo‘yilganligi maʼlum qilinadi.