Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Rahbar va Yoshlar


Rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan madaniy-huquqiy tadbirlar doirasida "Rahbar va yoshlar ochiq muloqoti" bo‘lib o‘tdi.

Tashkil etilgan tadbirda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev ishtirok etib, hozirgi kunda qonunchilikda yoshlarga berilayotgan imtiyozlar xususida so'z yuritdi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan muhim ishlar to'g'risida so'z yuritdi.

Uchrashuv davomida rahbar yoshlar bilan suhbatlashib, ularning bo‘sh vaqtlari bilan qiziqdi. Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarini tingladi.

Ochiq muloqotda yoshlarning murojaatlari yechimi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. Uchrashuv samiymiy ruhda bo'lib o'tdi.