Янгиликлар
18
Adliya_yoshlar
#adliya_yoshlar
Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Yoshlar-haftaligiga start berildi!
Haftalik doirasida Qarshi tuman adliya boʻlimi tumandagi masʼul idoralar bilan hamkorlikda "PARVOZ" MFYda istiqomat qiluvchi katta hayotga qadam qo'yadigan yoshlar bilan “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq” shiori ostida tumandagi Abul Muin an-Nasafiy ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida yoshlar oʻrtasida “Vatanparvarlik va milliy qadriyatlar” mavzusida ularni vatanparvarlik, qonunlarga hurmat va islohotlarga daxdorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan davra suhbati oʻtkazildi. Ziyoratgoh majmuasida joylashgan muzeydagi tashrif davomida yoshlarning fikr va mulohazalari tinglanib, ularning respublikamizda boʻlayotgan siyosiy jarayonlar va islohotlar yuzasidan xabardorligi va huquqiy xabardorligi oshirildi. Yoshlar har bir masalalar yuzasidan oʻzlarining mustaqil fikrlarini bildirdilar.
Shundan soʻng ular Qarshi tuman Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurishib, u yerda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida markaz ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi, oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy va amaliy tushuntirishlarni olishdi. Davlat xizmatlari markazi xodimlar, notarial idora xodimlari bilan suhbat oʻtkazishdi.