Янгиликлар
05
ADLIYA TADBIRKORGA KO'MAKCHI
ADLIYA TADBIRKORGA KO'MAKCHI
Adliya vaziri o'rinbosari Qashqadaryodagi xizmat safari chog'ida Qarshi shahridagi "Qavali" erkin iqtisodiy zonasidagi 15 nafardan ortiq tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammolari va takliflarini o'rgandi.
Tadbirkorlarning asosiy masalasi mahsulotlarni eksportga chiqarish, soliq, bank-kredit va shartnomaviy munosabatlar bilan bog‘liqligi sababli qabul davomida ham mazkur masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Xususan, yer-joyni ijaraga olish, soliq ma’murchiligi, kadastr hujjatlaridagi xatoliklar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ichki bozorga taklif qilinayotgan mahsulotlarga qo‘shimcha qiymat solig‘ini qayta ko‘rib chiqish singari muammolar e’tibor markazida bo‘ldi. Muloqot davomida adliya ish yurituviga 10 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.
Shundan so‘ng, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqildi.