Янгиликлар
04
Otaliqqa olingan yoshlar masalalari adliya e'tiborida.
#adliya_hudud
Otaliqqa olingan yoshlar masalalari adliya e'tiborida.
Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyatidagi adliya organlari tomonidan 36 757 nafar 7 toifadagi yoshlar otaliqqa olingan. Ayni paytda ularning muammolari atroflicha o‘rganilib, ular bilan aniq mezonlar asosida manzilli ishlar tashkillanmoqda.
Jumladan, Qarshi tumanidagi Yangi Xonabod mahallasida 23 nafar yoshlar tuman adliya bo'limiga biriktirilgan Shulardan 7 tasi Migratsiyada 9 nafari ish bilan ta'minlangan.
Shu mahallada yashovchi Gavhar Bozorova ishsizligi sababli ro'yxatda turadi. Oilasiga qo'shimcha daromad olib kirish maqsadida mahlladan tikuv mashinasi so'radi mahalla mas'ullari fuqaroni murojaatini o'rganib unga tikuv mashinasini olib berishdi.
Xuddi shu mahallada yashovchi Yulduz Haydarova ham tuman adliya bo'limiga biriktirilgan 3 nafar yoshni ish bilan ta'minlagan.
Mahallda yoshlarni bandligini ta'minlash yuzasidan adliya hamda mahalla yettiligi bilan qator targ'ibot tadbirlari oilib borilmoqda.