Янгиликлар
30
Bayram munosabati bilan tizim xodimlari munosib taqdirlandi.
Bayram munosabati bilan tizim xodimlari munosib taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi hamda davlat xizmatlari markazi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev so‘zga chiqib, sohada faoliyat olib borayotgan xodimlarni bayram bilan muborakbod etdi. Aholi murojaatlarini qonuniylik asosida ko’rib chiqishda, shuningdek davlat xizmatlarini ko‘rsatishda o‘zining bor bilim va salohiyatini ayamayotgan xodimlarga tashakkur aytdi.
Shundan so‘ng, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi faoliyatining istiqboli yo‘lida o‘z xizmat vazifalarida tashabbus ko‘rsatib, fidokorona mehnati bilan xalqimizning ishonchi va hurmatini qozongan, soha rivojida qo‘shgan hissasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlar O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi hamda viloyat adliya boshqarmasining “Faxriy yorlig‘i” hamda "Tashakkurnomasi"bilan taqdirlandi.