Янгиликлар
27
AYOLLAR MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI
#adliya_yoshlar
AYOLLAR MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI
Joriy yilning 27 - avgust kuni " Xotin - qizlarga huquqiy ko'mak " huquqiy aksiyasi doirasida Qarshi tuman adliya bo'limi tomonidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bilan hamkorlikda "tuman adliya bo'limiga biriktirilgan yoshlar hamda ayollar uchun boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tashkil etilgan yarmarkada 10 dan ortiq tashkilotlar va davlat idoralari, muassasalar 30 dan ziyod ish oʻrinlari bilan qatnashdi.
Zarur mutaxassisliklar va sohalar haqida aniq maʼlumotlar berildi. Xorijiy korxona, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, xalq taʼlimi, hunarmandchilik, xususiy korxonalarda mavjud boʻsh ish oʻrinlari eʼlon qilindi.