Янгиликлар
26
Shahrisabzda "Adliya sayli"
#ADLIYA_SAYLI
Shahrisabzda "Adliya sayli"
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayramining 33 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Shahrisabz shahridagi Amir Temur hiyobonida "Adliya sayli" o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan turli soha vakillari tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.
"Sayyor qabul" ko‘rinishida fuqarolarning muammolariga yechim izlandi.
Shuningdek, FHDY, notariat va boshqa turdagi 100 ga yaqin davlat xizmatlari ko'rsatildi: notariat, advokatura hamda adliya bo'limlari tomonidan 100 ga yaqin fuqarolarga bepul huquqiy va boshqa turdagi maslahatlar berildi.
Volontyorlar a'zolari tomonidan 100 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatish barobarida “Street law” va “Online xizmatlar” afzalliklari targ`ib qilindi.