Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

HASHAR HAQIYQIY MEHNAT BAYRAMI




HASHAR HAQIYQIY MEHNAT BAYRAMI

Asrlar osha shakllanib, avloddan-avlodga meros bo‘lib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan umumxalq hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir.

Mana shunday mustaqillik bayram kunlarida mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.

O‘zida poklik, insoniylik kabi ezgu jihatlarni mujassam etgan hashar tadbirlari Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya organlarida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Erta tongdan barcha boshqarma  xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish, tozalash ishlarini boshlab yubordilar.

O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, binolar hududi, xizmat xonalari ozoda va fayzli bo'ladi.