Янгиликлар
23
Otaliqqa olingan yoshlar masalalari uyma -uy o‘rganilmoqda
#adliya_hudud
Otaliqqa olingan yoshlar masalalari uyma -uy o‘rganilmoqda
Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyatidagi adliya organlari tomonidan 36 757 nafar 7 toifadagi yoshlar otaliqqa olingan. Ayni paytda ularning muammolari atroflicha o‘rganilib, ular bilan aniq mezonlar asosida manzilli ishlar tashkillanmoqda.
Jumladan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev o'ziga biriktirilgan Yakkabog' tumani 2-sektordagi Uchtepa mahallasidagi 12 nafar og'ir toyifadagi yoshlar bilan yashab turgan xonadonlariga borilib, ularning o'zlari hamda ota- onalari bilan har biri bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning masalalari mahallabay tarzda o‘rganildi. Jarayonlar davomida yashash sharoiti og‘ir va ijtimoiy og‘ir ahvolga tushib qolgan 10 nafar yoshlarning murojaati o'rganilib, bo'lim ish yurituviga olindi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati