Янгиликлар
22
GULSHAN MAHALLASIDA HUQUQIY TARG'IBOT KUNI
#adliya_mahallada
GULSHAN MAHALLASIDA HUQUQIY TARG'IBOT KUNI
Joriy yilning 21-avgust kuni “Gulshan” MFY Qarshi shahar adliya boʻlimi, YUXKM, FHDY va DXM xodimlari tomonidan “Huquqiy targʻibot kuni” tashkil qilindi.
Tadbirda Qarshi shahar prokuraturasi, “Gaztaʼminot”, “Elektrtaʼminoti” korxonalari hamda Ichki ishlar xodimlari ham qatnashdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-sonli Farmoni, VMning 204-sonli Qarori hamda “Mahalla yettiligi” faoliyatiga oid qonun hujjatlarining mazmun mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan jami 8 ta, jumladan 4 ta kommunal sohaga oid, 2 kadastr hujjatlarini tayyorlashga oid, 1 ta mahalla koʻchalarini asfalt yotqilish bilan bogʻliq murojaatlar, 1 ta belgilanmagan joylarga chiqindi toʻkkanlarga jarima qoʻllash boʻyicha takliflar qabul qilindi.