Янгиликлар
16
ADLIYA KUNI.....
ADLIYA KUNI......
Hududlarda tuman adliya bo‘limlari tomonidan muntazam ravishda "Adliya kuni" tadbirlari tashkil etib borilmoqda.
Xuddi shunday tadbirlar Ko'kdala, Qamashi, Nishon hamda Qarshi tumanlarida bo'lib o'tdi.
Unda aholi muammolarini o'rganish bilan bir qatorda adliya organlari vakolatlari doirasida hal etilishi mumkin bo'lgan masalalarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Shu bilan birga aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi, qonunchilikdagi yangliklar va imtiyozlar tushintirildi.
Mahallalarda aniqlangan tizimli muammolardan kelib chiqib, ushbu yo‘nalishlarda aholiga keng qamrovli huquqiy tushintirish ishlari olib borildi.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari tarqatildi.