Янгиликлар
12
Chiroqchi tuman adliya bo’limi tomonidan "Huquqiy targ’ibot" tadbiri o‘tkazilmoqda.
#adliya_mahallada
Chiroqchi tuman adliya bo’limi tomonidan "Huquqiy targ’ibot" tadbiri o‘tkazilmoqda.
Chiroqchi tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80 sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman adliya bo‘limlariga yuklatilgan yangi vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, uyma-uy yurgan holda fuqarolarga huquqiy ko‘mak berib kelinmoqda.
Tumanning “Bog'ishamol “MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolarning xonadoniga kirib, ularga yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida xabardor qilindi.
Uyma-uy yurilib fuqarolarning yechilmay kelayotgan huquqiy muammolari o'rganilib hisobga olish blankalari yuritilmoqda va Farmon ijrosi ta’minlanmoqda.