Янгиликлар
07
KITOB TUMANIDA ADLIYA KUNI
KITOB TUMANIDA ADLIYA KUNI
Kitob tuman adliya boʻlimi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi Bog’bon, Sohibkor va Xoji MFYlarda yashovchi fuqarolar uchun "Adliya kuni" tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida aholiga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonuni va Oʻz. Res. Prezidentining PF-80-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 204-sonli qarori va boshqa ko'plab qonun-hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolar o'rganilib, ularning yechimi bo'yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida DXM xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor davlat xizmatlar koʻrsatildi.