Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

XODIMNING 20 110 000 SO'MLIK ISH HAQQI UNDIRIB BERILDI


#adliya_aralashgach

XODIMNING 20 110 000 SO'MLIK ISH HAQQI UNDIRIB BERILDI

Gʻuzor tuman Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro Z.Parmonova  33-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori vazifasida 2023-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

Fuqaro shu kunga qadar ish haqi toʻlab berilmaganligidan norozi boʻlib G'uzor tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi. Tuman adliya bo'limi tomonidan murojaat o'rganilganda, xodimning shu kunga qadar ish haqqi to'lanmay kelganligi aniqlandi.

ADLIYA ARALASHGACH: Z.Parmonovaga 20 110 000 soʻmlik toʻlab berilmagan ish haqini tegishli tartibda toʻlab berish choralarini koʻrish yuzasidan Gʻuzor tuman maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi boshligʻi nomiga taqdimnoma kiritilib, fuqaroga Gʻuzor tuman maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi hisobxonasi tomonidan toʻlanmay qolgan 20 110 000 soʻmlik oylik ish haqlari toʻlab berildi.